Yana o‘sha mavzu

Assalomu alaykum! Alhamdulillah, 5 vaqt namozlarimga ko‘shib, qazo namozlarini ham o‘qib borayapman. Sizlarga bu borada bir ikki savollarim bor. Ijozatingiz ila ularni bildirsam.
1. Men 5 vaqt namoz bilan birga o‘sha vaqtning qazosini ham o‘qiyapman. Masalan, bamdodda qazo va bugungi kunni, peshinda qazo va bugungi kunni namozi. Shu o‘qiyotgan namozimda bomdod vaqtidagi namozlarimga (kazo va bugungi kun) azon aytib qolgan vaqtdagi qazolarimga iqomat aytsam bo‘ladimi? Yoki har bir qazo namoziga alohida azon va iqomat shartmi?
2. Bamdod vaqtida avval oldingi kunning qazosini o‘qisa bo‘ladimi? Makrux emasmi?
3. Qazo namozlarining barchasi maxfiy o‘qiladimi yoki vaqtida o‘qiladigan namoz kabi peshin va asr maxfiy, kolganlari ixtiyoriymi?
4. 1-rak’atda “Baqara” surasining avvalgi 8 oyatidan keyin, 2-rak’atda “Layl” surasini o‘qish mumkinmi?
5. Agar kuni bilan namozlarim qazo bo‘lgan bo‘lsa, xuftonda bu namozlarni qanday ado etaman? Ya’ni, avval oldingi kunning hamma namozlarini, keyin bugungi kun qazolarinimi? Yoki peshinning oldingi va bugungisi, asrning oldingisi va bugungisi kabimi?
6. Peshin namozi maxfiy o‘qilishini hammamiz bilamiz. Lekin, oxiridagi «La ilaha illolohu vahdahu» va «Oyatal kursi»ni ovoz chiqarib aytsa bo‘ladimi? Yoki ularni ham maxfiy qilganimiz afzalmi?
7. Men 1-2 kunga katta eshikka boraman. Ular boshqa tumanda yashaydi. Lekin masofa musofir bo‘ladigan darajada emas. Bu holatda u erda namoz qanday o‘qiladi, qasr qilibmi yoki to‘liq? Berajak javoblaringiz uchun avvaldan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bittasi kifoya qiladi. 2). Makruh emas. 3). Maxfiy o‘qiladi. 4). Mumkin. 5). Ixtiyoringiz. 6). Maxfiy qilish afzal. 7). Chiqadigan ostonangizdan kiradigan ostonangizgacha bo‘lgan masofa 86 kmdan ko‘p bo‘lsa, qasr qilib o‘qiysiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:57 | Savol-javoblar | 144 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar