Sovuqda namozni mashinada o‘qish

Assalomu alaykum! Men ko‘pincha moshinani ichida namoz o‘qiyman. Farzni xam sunnatni xam o‘tirib o‘qiyman. Boshqa o‘qiydigan joyim yo‘q, tashqarida qor, savuq -35°. Bu ishim qanchalik to‘g‘ri? 2. Peshin namozini 2-rakat farzida attaxiyatni aytib 3-rakatga turmasdan salovotni bilmasdan o‘qib, xatosini sezib to‘xtab, 3-rakatga turib namozini ado qilsa namoz ado bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Noto‘g‘ri. Imkoningiz bo‘laturib qiyom va erga sajda qilish degan farzlarni tark qilgan bo‘lasiz. Farz uchun himmat qiling. 2). Oxirida sajdai sahv qilinadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:18 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar