Savolimning davomi

Assalamu aleykum hurmatli Shayh hazratlari, Alloh Taolo islom diniga qilayotgan ishlaringiz uchun ajru mukofotlar bersin!Men quyida bergan savolimga:"Men "A" odam bilan birga ishlab, shu odam bilan birga ishlaydigan "B" odam bilan tanishdim va "B" odam bilan ham alohida ishlay boshladim. Mablag‘ mendan ish esa "B" odamdan. Bundan "A" odamni habardor etdim. "B" odam bilan tanishishimga "A" odam sababchi bo‘lgani uchun va "A" odamning yuziga oyoq qo‘yib ketmaslik niyatida "B" odam bilan bo‘lgan foydadan 3dan 1ini "A" odamga ham doimiy ravishda berib turdim. Shu kungacha zarar bo‘lmagan edi. Agar bo‘layotgan ishdan foyda bo‘lmay, hatto mablag‘ning taniga ham katta zarar etadigan bo‘lsa, "A" odam ham zararning 3dan 1iga sherik bo‘ladimi?"Siz: "- Kelishuvga bog‘liq. Agar zarar bo‘lsa, to‘laysan desangiz va u rozi bo‘lsa, to‘laydi." degan ekansiz.Avval boshida hech qanday kelishuv bo‘lmagan edi, men o‘zim foydaning 3dan 1ini berayotgan edim. Endi bo‘lsa ishlar to‘xtab foyda ham, mablag‘ning tani ham yo‘q bo‘lib turibdi. Avval kelishuv bo‘lmagani uchun, endi zararni gapirsam to‘g‘ri bo‘ladimi?Avvaldan katta rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ikkovingiz ilmli odamning huzuriga boring.

5 May 2022, 13:51 | Savol-javoblar | 143 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar