Xoji odamning aroq ichishi
Assalomu alaykum! Qaynotam xojilar. 5 vaqt ibodatdalar. Qachonki uylariga borsam, ovqatdan odin aroq yoki vino ichib yuboradilar. Erimning otalari dep unaqa qilmang deya olmayman. Qaynonam raxmatlik necha bor aytganlar, unaqa qilmang dep. Jannatni arig‘idan may va sharob oqadi dep aytadilar. O‘zlari bilimli insonlar. Irodalari sust bo‘lsa kerak. Ko‘p kitob o‘qiydilar. Nima qilsak va nima desak bu yo‘ldan qaytadilar. Erimga aytsam, otdam 83 ga kirdilar, shuni kuchi bilan xaliyam tik yuribdilar indama deydilar. Jim turolmayman dep qo‘rqaman. Allohdan ibodatlarimda so‘rayman insofga kelishlarini.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh hidoyat qilsin! Siz emas biror gapi o‘tadigan odam aytsin. Bu holatda haqlariga duo qilib turinglar. Eringizning ham “shuning kuchi haliyam tik yuribdilar” degan gapiga tavba qilsin. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 00:16 | Savol-javoblar | 145 | Oila va turmush