Qazo ro‘za va namozlarining fidyasini berish

Assalomu alaykum! Avvalo savol qayta berilayotgan bo‘lsa uzr so‘raymiz. «qazo ro‘za va namozlarining fidyasini berish» mavzusida savol bermoqchi edik. Birodaramizni otalari olamdan o‘tgandilar. Birodarimiz otalarini namoz o‘qiganini yoki ro‘za tutganini bilmaydilar. Aytishlaricha faqat hayt namoziga chiqib turar ekanlar. Shunga otalarini qazo qilgan namoz va ro‘zalari uchun fidya bermoqchilar. Otalari 70 yoshida vafot etgan bo‘lsalar necha yil uchun fidya berishlari lozim? Ular otalari umri davomida necha marta namoz o‘qigan yoki necha kun ro‘za tutganini bilmas ekanlar. Xammasini birdani xisoblab masjidga olib borib bersa bo‘ladimi? Sababi bunchalik ko‘p muddat uchun xisob katta bo‘ladi va o‘sha miqdorda miskinni topish qiyin. Insha Allah shu ishni qilsalar otalari bo‘ynidagi qarz ado bo‘ladimi? Naqd pulda to‘lasa bo‘ladimi? Sababi bug‘doyga xisoblansa katta miqdor bo‘lib ketmoqda. Oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Naqd pulga hisoblasa ham bo‘ladi. 70dan 11 yoki 12 yilini chiqarib yuboradi. 1 kunda vitr bilan 6 vaqtni hisobga oladi. Masjidga olib borgandan ko‘ra bir necha miskinlarni o‘zi topib bergani afzal. Masjid xodimlari etkazish yoki etkazmasligida ishonch xosil bo‘lishi uchun. Masjidning qutisiga solish joiz emas. Ro‘zaning fidyasi Qur’on bilan sobit bo‘lgani uchun qabul ado bo‘lishida shak-shubha yo‘q. Namozga esa umid qilinadi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 04:52 | Savol-javoblar | 147 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar