Inson olamdan o‘tganda kafillik avloddan avlodga o‘tadimi
Assalomu alaykum! Inson xayotdan ko‘z yumganda janozada kafillik ilinadi bilingan bilinmagan qarz bor shu kafillikni ogan inson qarzini bermasa avloddan avlodga o‘tadimi kafillik ogan inson xam vafot etsa uniyam kafillik olinadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘yniga olayotgan odam o‘ylab qo‘ysin. Qarzdor odam qarzi to‘lanmaguncha jannatga kirmaydi. Janozada kimdir bo‘yniga olgani to to‘lamaguncha uni qutqarib qololmaydi. وَلِلنَّسَائِيِّ: وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَوْ أَنَّ رَجُلًا قُتِلَ فِي سَبِيلِ اللهِ، ثُمَّ أُحْيِيَ ثُمَّ قُتِلَ، ثُمَّ أُحْيِيَ ثُمَّ قُتِلَ وَعَلَيْهِ دَيْنٌ مَا دَخَلَ الْجَنَّةَ حَتَّى يُقْضَى عَنْهُ دَيْنُهُ Nasaiy qilgan rivoyatda:
«Mening jonim qo‘lida bo‘lgan Zot ila qasamki, agar bir kishi Allohning yo‘lida qatl qilinsa, so‘ng tiriltirilsa, yana qatl qilinsa va tiriltirilsa, so‘ng yana qatl qilinsa-yu, uning zimmasida qarzi bo‘lsa, qarzi ado etilmaguncha jannatga kirmas», deyilgan.
Sharh: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qasam ichib turib aytishlari ham bu ish qanchalik ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi.
Alloh taoloning yo‘lida shahid bo‘lish qanchalik ulug‘ maqom. Shahid uchun jannat eshiklari doimo katta ochiq. Lekin qarz ishi og‘ir. Agar inson Allohning yo‘lida bir emas, uch marta shahid bo‘lsa ham, qarzini ado qilmagan bo‘lsa, jannatga kira olmaydi. Unday odamning jannatga kirishi olgan qarzining uzilishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Qarzi uzilsa, jannatga kiradi, bo‘lmasa yo‘q.
Chunki qarz bandaning haqqi, bu haqni faqat o‘z egasi kechadi, xolos. Alloh taolo kechmaydi. Qarz olib, uni uzmay yurganlar bu haqiqatni yaxshilab anglab olmoqlari lozim. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
11 May 2022, 00:16 | Savol-javoblar | 160 | Islam