Tortishuvlarga echim beringlar

Assalomu alaykum! Oxod xadislar xaqida, tushintirib beringlar. Bir taraf, aqiydaga olinmaydi, xarom deb aytsa. Ikkinchi taraf amal qilinadi va aqiydaga olinadi deb aytyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bizni aqiydamiz qanday bo‘lishini kitobimizga ochiq-oydin yozib qo‘yilgan. Tortishadiganlar tortishaversin. Bizga, tortishib oxiri bir natijaga kelgan mujtahid ulamolarimizning gaplariga amal qilishimiz qolgan xolos. Ba’zi bir shunday masalalar borki tobe’inlar davridan beri ixtilofli bo‘lib keladi va qiyomatgacha ham ixtilofli ketadi. Siz bilan bizga o‘sha ikki tarafdan birini tanlashimiz kerak bo‘ladi. Tanlashda qiynalishga ham hojat yo‘q, bizdan oldin jumhur ulamolar tanlagani bizga kifoya. Chunki ular biz va sizdan olim bo‘lishgan va siz o‘rganmoqchi bo‘lgan masalalarni to‘liq o‘rganib o‘sha tanlovga kelishgan. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 00:26 | Savol-javoblar | 135 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar