Bankdagi tilla quymalar

Assalomu alaykum! Hozirgi paytda bank tizimida oltin quymalar 5g 10g 15g 20g sifat darajasi 999.9 % ekan yani sof tilla shunga men hozirgi paytda pul qadirsizlanishi tufayli valuta kurslari ham tushishi va chiqishi sababli daromat pulimga shu tillani sotib olib qo‘ysam bo‘ladimi? sababi tillani narxi jahon bozorida narxlari tushmas ekan ma’lum vaqt o‘tishi bilan oshishi mumkin. Shuning uchun bu quymalardan olsam bo‘ladimi? buni keyinchalik yana bankka sotishim yoki kelajak farzandlarim uchun mulk qilib olib qo‘yishim mumkin shunga bu tillalarni sotib olsam to‘g‘rimi shu holat uchun menda shubxa uyg‘onmasligi uchun ma’lumot bersangiz degan edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tillo va kumushni qo‘lma-qo‘l (naqd) bo‘lishi sharti bilan sotib olish va sotish joiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 00:26 | Savol-javoblar | 162 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar