Qadr kechasidagi ibodat va qazo

Assalomu alaykum! Qadr kechasidagi ibotadni 4 rakatli namoz bor birinchi rakatda Ixlos surasi ikkinchi rakatda Qadr surasi 3-4 rakatlar xam xuddi shunday faqat 4-rakatda 100 marotaba Qadr surasini o‘qish kerak deb eshitdim. Qilsam savoblimi yoki yillab o‘qilmay qolgan qazo namozlarini o‘qiganim savoblimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytgandek namoz yo‘q. Qo‘lingizdan kelgancha vaqtingizni ibodat bilan o‘tkazsangiz bo‘ldi. Qazomi, naflmi, tilovatmi, zikrmi farqi yo‘q. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 03:18 | Savol-javoblar | 162 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar