Qabr ustidagi shox-shabba

Assalomu alaykum! Qabristonga kirgan vaqtimda qabr ustiga xo‘l(bargi ko‘m-ko‘k) shox shabba qo‘yilgan. Bu nima uchun qo‘yilgan deb so‘rasam shox-shabba qurib qolguncha salovat aytib turadi deyshdi. Shu gap qanchalik to‘g‘rimi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Quyidagi hadisga ulamolar “kimdir shu ishni qilsa uni qaytarilmaydi. Lekin bunday qilishga targ‘ib ham qilinmaydi” deganlar. Butun hadis zahirasini tekshirib chiqilganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan keyin birgina sahobiy vafotidan keyin qabriga xo‘l novda suqishligini vasiyat qilganligi ma’lum bo‘lgan. Boshqa sahobalar bunday qilmagan ekanlar. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: مَرَّ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِحَائِطٍ مِنْ حِيطَانِ الْمَدِينَةِ أَوْ مَكَّةَ، فَسَمِعَ صَوْتَ إِنْسَانَيْنِ يُعَذَّبَانِ فِي قُبُورِهِمَا، فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «يُعَذَّبَانِ، وَمَا يُعَذَّبَانِ فِي كَبِيرٍ»، ثُمَّ قَالَ: «بَلَى، كَانَ أَحَدُهُمَا لَا يَسْتَتِرُ مِنْ بَوْلِهِ، وَكَانَ الْآخَرُ يَمْشِي بِالنَّمِيمَةِ». ثُمَّ دَعَا بِجَرِيدَةٍ فَكَسَرَهَا كِسْرَتَيْنِ، فَوَضَعَ عَلَى كُلِّ قَبْرٍ مِنْهُمَا كِسْرَةً. فَقِيلَ لَهُ: يَا رَسُولَ اللهِ، لِمَ فَعَلْتَ هَذَا؟ قَالَ: لَعَلَّهُ أَنْ يُخَفَّفَ عَنْهُمَا مَا لَمْ تَيْبَسَا أَوْ إِلَى أَنْ يَيْبَسَا Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Madina [yoki Makka] chorbog‘larining biri yonidan o‘tayotib, qabrida azoblanayotgan ikki odamning ovozini eshitdilar. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ikkovi azoblanmoqda, holbuki, katta narsa sababli azoblanishayotgani yo‘q», dedilar. Keyin: «Ha, biri peshobidan ehtiyotlanmas, ikkinchisi esa chaqimchilik qilib yurar edi», dedilar. So‘ngra xurmo novdasi keltirishni so‘radilar. Keyin uni ikkiga bo‘lib, har ikki qabrga bir bo‘lakdan sanchib qo‘ydilar. Shunda u zotga: «Ey Allohning Rasuli, buni nima uchun qildingiz?» deyildi. «Shoyad, bular qurimaguncha [yoki to bular qurigunicha] ulardan (azob) engillatib turilsa», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:57 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar