Nafl namozi haqida

Assalomu alaykum! Namozning turlari bor farz namozi, sunnat namozi, nafl namozi va yana bir qancha namoz o‘qish tartibi va turi bor. Farz namozi va sunnat namozi doimiy vaqtlari bor ular har kuni o‘qiladi. Nafl namozini doimiy bir vaqtda o‘qish masalan shom va xufton orasida doim o‘qishni niyyat qilgandan keyin nafl namozini o‘qish vojibga bo‘lib qoladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘ziga vojib qilib olmasa vojib bo‘lmaydi. O‘ziga vojib qilib olish esa o‘sha vaqtlarda namoz o‘qishga qasam ichish yoki nazr qilish orqali bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 00:26 | Savol-javoblar | 198 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar