Saraton kasalligi

Assalomu alaykum! Onamda 10 kundan ortiq tekshiruvlardan so‘ng onamda saroton kasalligining oxirgi bosqichi aniqlandi. Onam og‘ir axvolda tig‘ tekkazish mumkin emas deyapti. Ertaga oxirgi tekshiruvlar natijalaridan keyin yana bir nima deyisha kerak. Doktorlar bu yog‘i endi Allohdan deyishyapti men onamni bu darddan tezroq tuzalish uchun namozlarimda shifo so‘rayabman. Yana onamni xaqqiga Allohdan so‘rab qanday ibodatlar va duolarni o‘qiy?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh shifoi komil bersin. Bu dardlarini oxiratda beriladigan yuqori maqomlarga sababchi qilsin. Taqdirga rozi bo‘lishni nasib qilsin. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 00:41 | Savol-javoblar | 165 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar