Menga ozor bergan odamni qarg‘aganlarim
Assalomu alaykum! Bir inson boshimga juda ko‘p azoblar soldi. Haddan tashqari ko‘p qiynaldim. Kambag‘alligim, ota onamni nuqsonlarini yuzimga soldi, meni juda ko‘p haqorat qildi. Lekin shuni hammasi onasini roziligi uchun edi. Men javob qaytarmadim. Allohni sinovi deb ibodatda davom etdim. Uni Allohga havola qildim. Lekin u odamni bergan azoblarini ta’siri 1 yil deganda sal pasaydi. Eng alam qiladigani unga jinam urmayapti. Shuncha iflosliklar qilib ketib hammadan baxtli yashayapti. Ungayam qaytar dunyo bormi yoki onasini roziligi uchun meni shuncha qiynagan bo‘sayam baxtlimi? Nimaga doim shunaqa zolimlar baxtli yashashadi qo‘li yuqqa odamlar doim xo‘rlanib, pastga urilib qolishoradi. Iltimos ungayam bir kun menga bergan azoblari qaytadimi yo‘qmi shuni ayting iltimos. Meni boshimga solganlaring boshinga tushmaguncha o‘lma deganman mazlum paytimda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U odam sabab siz mazlum bo‘lgan bo‘lsangiz uni qarg‘ashdan nima foyda? Sizni duosi ijobat bo‘ladigan maqomga olib chiqib qo‘yibdiku. Bundan unumli foydalanib dunyo oxiratingizni saodatini so‘rab duoi xayrlar qilib qolmaysiz. Mana qarang, shuncha qarg‘aganingiz bilan hech narsa o‘zgarmaptiku. Shuncha qarg‘ishni o‘rniga o‘zingizni oxiratingizni so‘raganingizda qancha foyda bo‘lar edi. Birovga zulm qilib uni badalini to‘latishni esa Alloh taologa qo‘yib bering. Sarhisob qilib amaliga yarasha ajrini yoki azobini berish Uning ishi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَتَدْرُونَ مَا الْمُفْلِسُ؟ قَالُوا: الْمُفْلِسُ فِينَا مَنْ لَا دِرْهَمَ لَهُ وَلَا مَتَاعَ، فَقَالَ: إِنَّ الْمُفْلِسَ مِنْ أُمَّتِي مَنْ يَأْتِي يَوْمَ الْقِيَامَةِ بِصَلَاةٍ وَصِيَامٍ وَزَكَاةٍ، وَيَأْتِي قَدْ شَتَمَ هَذَا، وَقَذَفَ هَذَا، وَأَكَلَ مَالَ هَذَا، وَسَفَكَ دَمَ هَذَا، وَضَرَبَ هَذَا، فَيُعْطَى هَذَا مِنْ حَسَنَاتِهِ وَهَذَا مِنْ حَسَنَاتِهِ، فَإِنْ فَنِيَتْ حَسَنَاتُهُ قَبْلَ أَنْ يُقْضَى مَا عَلَيْهِ أُخِذَ مِنْ خَطَايَاهُمْ فَطُرِحَتْ عَلَيْهِ ثُمَّ طُرِحَ فِي النَّارِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kasodga uchragan kimligini bilasizlarmi?» dedilar.
«Bizning ichimizda kasodga uchragan dirhami ham, matohi ham yo‘q odam», deyishdi.
«Albatta, ummatimdan kasodga uchragani qiyomat kuni namoz, ro‘za, zakot bilan kelgan, ammo buni so‘kkan, buni zinoda ayblagan, buning molini egan, buning qonini to‘kkan, buni urgan odamdir.
Bunga uning savoblaridan berilur, anavinga ham uning savoblaridan berilur. Agar uning zimmasidagi narsa tamom bo‘lmasdan avval savoblari tugab qolsa, ularning xatolaridan olinib, uning ustiga tashlanur. So‘ngra u do‘zaxga tashlanur», dedilar».
Sharh: To‘liq ma’noda kasodga uchragan odam bu dunyoda odamlarga yomonlik qilgan kishi ekan. Ushbu hadisi sharifda o‘sha kasodga uchraganlarning eng yaxshisi haqida so‘z ketmoqda. Chunki u qiyomat kuni namoz, ro‘za, zakot bilan kelgan bo‘ladi.
Avval o‘sha kasodga uchragan baxtsizning savoblari bo‘lsa, ularni olib, undan yomonlik ko‘rgan bechoralarga taqsimlab beriladi.
Keyin esa mazkur kasodga uchragan baxtsizning ustiga bu dunyoda uning yomonligidan zarar topgan bechoralarning gunohlari yuklanadi.
Oxirida o‘sha kasodga uchragan baxtsiz jahannamning qa’riga uloqtiriladi.
Ana, ko‘rdingizmi, birovni so‘kish, birovning obro‘sini to‘kish, birovning molini eyish, birovning qonini to‘kish va birovni urish qanday ham yomon ish! Bas, bularga o‘xshagan yomon ishlardan saqlanaylik.وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَتُؤَدَّنَّ الْحُقُوقُ إِلَى أَهْلِهَا يَوْمَ الْقِيَامَةِ حَتَّى يُقَادَ لِلشَّاةِ الْجَلْحَاءِ مِنَ الشَّاةِ الْقَرْنَاءِ. رَوَاهُمَا مُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta, qiyomat kuni haqlarni o‘z ahliga ado qilursiz. Hattoki, shoxli qo‘ydan shoxsiz qo‘yga o‘ch olib beriladi», dedilar».
Ikkisini Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 00:41 | Savol-javoblar | 177 | Turli savollar