Juma namozida xatlab o‘tish
Assalomu alaykum! Ustozlar, o‘zingizga ma’lumki juma namozida ma’ruza eshitayotgan vaqtda, sababli yoki besabab kech kelishadi. Va ma’ruza eshitayotganlarga xalaqit qilib, xatlab o‘tishadi. Shu ish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu o‘rinda ikki narsa bo‘lib, biri hammadan avval masjidga kelganlar xuddi choyxonaga kelganidek bemalol yoyilib o‘tirishlari. Ikkinchisi namoz vaqtini poylab, hammadan kechqolib, oldingi safda namoz o‘qishga harakat qiladiganlar. Bu ikkisi ham noto‘g‘ridir. Birinchi gapga kelsak, azon aytilganda avvalgi saflarda juda ko‘p joylar ochiq qolishiga guvoh bo‘lamiz. Hatto xonaqoda 2-3 saf bo‘sh qolib, ayvon yoki masjidning hovlisida odamlar qolib ketishadi. Namozga erta kelganlar ham oldinda bo‘sh joy turib, orqada qolishlari bir jihatdan Allohning fazlidan yuz o‘girishga o‘xshab qoladi. Ikkinchi gapga kelsak, takbir vaqtigacha hotirjam yurib, hech kimni pisand qilmay, avvalgi safga harakat qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday kishilar haqida : عَبْدِ اللَّهِ بْنِ بُسْرٍ رضي الله عنه قال : جَاءَ رَجُلٌ يَتَخَطَّى رِقَابَ النَّاسِ يَوْمَ الْجُمُعَةِ وَالنَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَخْطُبُ ، فَقَالَ لَهُ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : ( اجْلِسْ ، فَقَدْ آذَيْتَ . رواه أبو داود (
8) ، وابن ماجه (
5) Abdulloh ibn Busr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : "Juma kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xutba qilayotganlarida bir kishi odamlarning elkasidan xatlab oldinga o‘ta boshladi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “O‘tir, sen odamlarga ozor berding” dedilar". Abu Dovud rivoyati. Juma kuni, duo ijobat bo‘ladigan vaqt ozor berish, kimlarnidir qalblaridagi noroziligiga sabab bo‘ladigan amaldan ehtiyot bo‘lish kerak. Qolaversa bu kunda hamma bir-biridan duo oladigan va duoga sabab bo‘ladigan ishlarni qiladigan kundir. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:58 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar