Kur’onni xatm kilishga doir fatvolar

Assalomu alaykum muxtaram ustoz! Sizga savol bilan murojaat kilishga ijozat bergaysiz: «Saodati abadiya» kitobining 59-moddasi, ya’ni «QABR ZIYoRATI va QUR’ON-I KARIM O‘QISh» bobida shunday nakl kilinadi:«Namoz o‘qish, ro‘za tutish va Qur’on-i karim o‘qish, zikr qilishlar faqat badan bilan qiladigan ibodatlar bo‘lganlari uchun bu ibodatlarni har kim shaxsan o‘zi qilishi lozimdir. Bularni boshqa birovni vakil etib qildirish joiz emas. Shuning uchun “Bahjat-ul-fatovo”da aytiladiki, “Qur’on-i karimni Fotihadan boshlab Fil surasigacha yoki Ixlos surasigacha o‘qib, undan so‘nggi bo‘lgan bir necha suralarni boshqa birovga amr qilib o‘qitsa, u ham Qur’on-i karimning oldingi qismlarini o‘qiganning vakili bo‘lib qolgan suralarni o‘qisa, Qur’on-i karimni boshidan o‘qigan kabi, ”Hatm” o‘qigan bo‘lmaydi. Ularning faqat bittasini tinglaganlar ham hatm tinglagan bo‘lmaydilar. Ularning hech biri hatm savobini ololmaydilar.O‘qiganlar, savobini mayyitlarning ruhlariga alohida-alohida bag‘ishlasalar yoki biri hammasi uchun bag‘ishlasa, ya’ni hatm duosi qilsa, o‘qiganlar ham “Omiyn” desalar, oyatlar savoblarining yig‘indisi mayitlarga ham beriladi. Biroq hatm uchun va’da qilingan savobga erisha olmaydilar. Bir hatmni faqat bir kishining o‘zi o‘qishi va savobini uning o‘zi bag‘ishlashi lozim bo‘ladi. Turli kishilarning ovoz chiqarmay har xil juzlarni o‘qib, Qur’on-i karimni hatm qilishlari va ularning har biri o‘qiganining savobini o‘lganning ruhiga bag‘ishlashlari yoki ularning birining hammasi uchun bag‘ishlashi, ya’ni hatm duosi qilishi, o‘qiganlarning ham “Omiyn” deyishlari joiz va mayyit uchun juda foydali bo‘ladi. Biroq bunday holda hatm savobi hosil bo‘lmaydi. Hatm savobi hosil bo‘lishi uchun hatmni bir kishi o‘qishi yoki bir kishi avval o‘qilgan hatmning savobini bag‘ishlashi lozimdir. Sajda oyatini o‘qish ham shundaydir. ”Durr-ul-muxtor” muallifi (rahmatullohi taolo aleyh) deydilarki, “Bir necha kishidan har biri sajda oyatlaridan biror kalima o‘qisalar, uni eshitganlarga tilovat sajdasi qilish lozim bo‘lmaydi. Chunki sajda oyatini bir kishi o‘qiganida, uni eshitganlarning sajda qilishlari vojib bo‘ladi”. Turli kishilarning o‘qigan kalimalari yig‘ilib, bir kishi bir oyatni to‘la o‘qigan kabi bo‘lolmaydi. Chunki Qur’on-i karim o‘qish uchun hech kim boshqa birovning o‘rniga vakil bo‘lolmaydi.”Muxtaram ustoz! Xozir bizni tumandagi imom va korilar xatmning shunday turini bajarishadi, ya’ni 30 porani taksimlab olib, xar kim uyida uziga belgilangan poralarni ukiydi, xatmga buyurtma olgan imom yoki kori esa xonadonga borib, xatmni Kur’onning oxirgi suralarini ukib, xatm kilib, savobini utganlarga bagishlab, xonadonga barokat tilab duo kiladi. “Bahjat-ul-fatovo”da keltirilgan fatvoda bu amal joiz emas deyilmokda. Boshka fatvo kitoblarida va ulamolarning asarlarida bu masalada kanday fatvolar berilgan?Javoblar uchun tashakkur! Xurmat va extirom bilan talabangiz Umidjon
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz, menimcha, avvalgi savolda “xatm”ning bir ko‘rinish haqida so‘ragan edingiz. O‘shanga javob berilgan edi. Qur’onni ma’lum shaklda hammasini o‘qisa, savob bo‘lishi aytilgan edi. endi boshqa gaplarni gapirmoqdasiz.Qur’oni Karimning har bir harfiga savob bor. Xatm buyurtishdan ko‘ra o‘zi o‘qishi kerak. Bu haqiqatni aytilib bo‘linganiga ko‘p vaqt o‘tdi. Hech bo‘lmasa, mening kitoblarimni o‘qib ko‘ring. Uni yana qo‘zishning nima foydasi bor? Bu kabi ishlarga o‘zingizning vaqtingizni behuda sarf qilmaganingiz etmaganidek, bizning vaqtimizni ham isrof qilishingiz durst emas. Siz aytayotgan “xatm”dan ko‘ra o‘ta muhim ishlar juda ham ko‘p. O‘sha pul berganlarning pulining o‘zini atab qo‘yishsa ham ajr bo‘laveradi.

20 Aprel 2022, 20:58 | Savol-javoblar | 175 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar