Xuftonni o‘qib bo‘lib yana jamoatga to‘g‘ri kelsa yana iqtido qilish

Assalomu alaykum! Men xufton namozini 19:00da masjidda jamoat bilan o‘qib bo‘lgach chiqib yana bir masjidga ma’ruza eshitgani bordim. U erda 19:20 o‘qiladi, borsam u erda imom xufton namozining birinchi rakatiga qiroat qilayotgan ekan. Men xam niyatda imomga iqtido qildim deb quloq qoqib namozga kirdim. Meni qilgan ishim durustmi? Rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Durust. Peshin namozida ham shunday qilishingiz mumkin. Bomdod, asr va shomda joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:21 | Savol-javoblar | 145 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar