kridit olsam bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Men maktabda dars beraman foizga oldi berdi qilish xarom ekanligini bilaman lekin men oyligimni yig‘ib biror narsa( telefon, kompyuter, bitovoy texnika) olaolmayabman kriditga olsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz o‘zingiz savolingizda "foizga oldi berdi qilish xarom ekanligini bilaman" degansiz. Bu degani sizga qarz berib turib uni qaytarish vaqtida ustama bilan qaytarib olsa sudxo‘rlik bo‘lib harom. Ammo xalq orasida kredit nomi bilan tanilgan savdo - shariatda nasiya savdosi deyiladi: mol egasi o‘z mulkidagi molini mijozga bo‘lib bo‘lib to‘lashga yoki nasiya savdoga sotishi joiz. Sharti: Mijoz to‘lovda kech qolsa jarima (penya) belgilamasligi lozim. Bu kabi savdo bilan shug‘illanuvchi do‘konlar juda ko‘paydi, asosiy shart: o‘zini mulkida bo‘lgan narsani sotishiga va penya belgilamasligiga e’tibor berish lozim. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 01:11 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar