Shahvatni tark qilish
Assalomu alaykum! Inson Alloh roziligi uchun bir shahvatdan voz kechdi. Tabiiyki nafs o‘sha ishni qilishni hohlab kishini qiynaydi. Bu hol malum vaqtdan keyin to‘xtaydimi yoki bir umr nafs o‘shani hohlab o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nafs tinimsiz jilovlanib turilsa u albatta Alloh harom qilgan narsalarni istashdan to‘xtaydi. Kishi Alloh va uning Rasuliga bo‘lgan muhabbati ziyodalashgani sari uning buyruqlariga og‘ishmay amal qiladi. U buyurgan ishlar mashaqqat bo‘lsa ham bundan huzurlana boshlaydi. Qaytariqlari og‘ir bo‘lsa ham ulardan qochib qalbi lazzatlanadi. Mabodo o‘sha harom ishga tushib qolsa, boshqalarning nafsi tuyadigan lazzatni u his qilmay qo‘yadi. Chunki uning nafsi endi haromni emas Robbisi buyurgan ishni shahvat bilan istay boshlagan bo‘ladi. Bunday darajaga erishish farz, vojib, sunnat, nafl ibodatlarni to‘kis ado etish, Allohning naqadar ulug‘ zot ekani, bandasiga qanchalik mehribonligini anglab etish orqali bo‘ladi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 01:11 | Savol-javoblar | 161 | Ruhiy tarbiya