Hadis aytishda xatolik

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, hadis aytayotgan odam, roviysini adashtirib yuborsa gunohkor bo‘ladimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qasddan yoki beparvoligi tufayli adashtirib yuborsa, gunohkor bo‘ladi. Beixtiyor yoki unutib adashtirib qo‘ysa, uzrli hisoblanib, tez to‘g‘rilab qo‘yishi kerak bo‘ladi.
106. Aliy roziyallohu anhu aytadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Menga yolg‘on to‘qimanglar. Kim menga nisbatan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxga kiraversin!» dedilar».
107- حَدَّثَنَا أَبُو الْوَلِيدِ قَالَ: حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ جَامِعِ بْنِ شَدَّادٍ، عَنْ عَامِرِ بْنِ عَبْدِ اللهِ بْنِ الزُّبَيْرِ، عَنْ أَبِيهِ قَالَ: قُلْتُ لِلزُّبَيْرِ: إِنِّي لَا أَسْمَعُكَ تُحَدِّثُ عَنْ رَسُولِ اللهِ  كَمَا يُحَدِّثُ فُلَانٌ وَفُلَانٌ. قَالَ: أَمَا إِنِّي لَمْ أُفَارِقْهُ وَلَكِنْ سَمِعْتُهُ يَقُولُ: «مَنْ كَذَبَ عَلَيَّ فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ». تحفة: 3623
107. Omir ibn Abdulloh ibn Zubayr otasidan rivoyat qiladi:
«Men Zubayr roziyallohu anhuga: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan falonchi va falonchilar hadis aytgani kabi hadis aytganingizni hech eshitmayman-a?» dedim. U: «Men u zotdan sira ajralmaganman, biroq u zotning «Kim menga nisbatan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdan joyini olaversin!» deganlarini ham eshitganman», dedi».
108- حَدَّثَنَا أَبُو مَعْمَرٍ قَالَ: حَدَّثَنَا عَبْدُ الْوَارِثِ، عَنْ عَبْدِ الْعَزِيزِ: قَالَ أَنَسٌ: إِنَّهُ لَيَمْنَعُنِي أَنْ أُحَدِّثَكُمْ حَدِيثًا كَثِيرًا، أَنَّ النَّبِيَّ  قَالَ: «مَنْ تَعَمَّدَ عَلَيَّ كَذِبًا فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ». تحفة: 1045
108. Anas roziyallohu anhu aytadi:
«Meni sizlarga ko‘p hadis aytishdan faqatgina Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Kim menga nisbatan qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdan joyini olaversin», deganlari to‘sadi», dedi».
109- حَدَّثَنَا مَكِّيُّ بْنُ إِبْرَاهِيمَ قَالَ: حَدَّثَنَا يَزِيدُ بْنُ أَبِي عُبَيْدٍ، عَنْ سَلَمَةَ قَالَ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ  يَقُولُ: «مَنْ يَقُلْ عَلَيَّ مَا لَمْ أَقُلْ فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ». تحفة: 4548
109. Salama roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Kim men aytmagan narsani meni aytdi desa, do‘zaxdan joyini olaversin», deganlarini eshitganman».(“Oltin silsila” kitobidan).
Ushbu hadislarning sharxida ulamolarimiz : “Hadisdagi so‘zlarning harakatlarini adashtirib qo‘yuvchi ham shu va’id ostiga kiradi” deganlar. Shuning uchun hadis aytishda beparvolik qilmaslik kerak. Xususan hozirgi kunda to‘qima hadislar, sanadsiz rivoyatlar, roviylarning ism va nasablarini adashtirishlar, o‘zlaricha talqin qilish ko‘payib ketdi. Oyat va hadislarni gapiruvchi odam avval yaxshilab o‘qib va uqib olishi kerak.
عن معاذ - رضي الله عنه - قال : قلت : يا رسول الله ، أخبرني بعمل يدخلني الجنة ويباعدني عن النار . قال : " لقد سألت عن أمر عظيم ، وإنه ليسير على من يسره الله تعالى عليه : تعبد الله ولا تشرك به شيئا ، وتقيم الصلاة ، وتؤتي الزكاة ، وتصوم رمضان " ، ثم قال : " ألا أدلك على أبواب الخير ؟ الصوم جنة ، والصدقة تطفئ الخطيئة كما يطفئ الماء النار ، وصلاة الرجل في جوف الليل " ثم تلا : ( تتجافى جنوبهم عن المضاجع ) حتى بلغ ( يعملون ) ، ثم قال : " ألا أدلك برأس الأمر وعموده وذروة سنامه ؟ " قلت : بلى يا رسول الله ، قال : " رأس الأمر الإسلام ، وعموده الصلاة ، وذروة سنامه الجهاد " ، ثم قال : " ألا أخبرك بملاك ذلك كله ؟ " قلت : بلى يا نبي الله ، فأخذ بلسانه فقال : " كف عليك هذا . فقلت : يا نبي الله ، وإنا لمؤاخذون بما نتكلم به ؟ قال : ثكلتك أمك يا معاذ ! وهل يكب الناس في النار على وجوههم أو على مناخرهم - إلا حصائد ألسنتهم ؟ " رواه أحمد ، والترمذي ، وابن ماجه
Muoz roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : "Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan safarda edim. Bir kun yurib ketayotib u kishiga yaqin bo‘lib qoldim va : “Ey Allohning nabiysi menga meni jannatga kirgazib, do‘zaxdan uzoq qiladigan biror amalning xabarini bersangiz” dedim. U zot : “Ulkan ish haqida so‘rading, u Alloh oson qilgan kishiga oson, Allohga ibodat qilasan va Unga biror narsani sherik qilmaysan. Namozni qoim qilasan, zakot berasan, Ramazon oyining ro‘zasini tutasan, baytni haj qilasan” dedilar. So‘ng : “Seni yaxshilik eshiklariga dalolat qilaymi? Ro‘za qalqondir, sadaqa suv olovni o‘chirganidek xatolarni o‘chiradi, kishi kechaning o‘rtasida namoz o‘qishi” dedilar. So‘ng “Sajda” surasining
تَتَجَافَى جُنُوبُهُمْ عَنِ الْمَضَاجِعِ يَدْعُونَ رَبَّهُمْ خَوْفًا وَطَمَعًا وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنفِقُونَ
Oyatini  “يَعْمَلُونَ”gacha o‘qidilar. So‘ngra “Senga ishning boshi, ustunlari, o‘rkachining cho‘qqisi nima ekanligi xabarini beraymi” dedilar. “Shunday qilsinlar ya Rasululloh” dedim. “Ishning boshi Islom, ustunlari namoz, o‘rkachining cho‘qqisi safarbarlik” dedilar. So‘ng “Senga bularning barchasini tutqichi nima ekanligini xabarini beraymi” dedilar. “Shunday qilsinlar ey Allohning Nabiysi” dedim. U zot tillarini ushlab(tillariga ishora qilib) “Buni tiygin” dedilar. Shunda “ey Allohning Nabiysi biz gapirgan gapimizga ham javobgar bo‘lamizmi” dedim. “Onang sensiz qolgur ey Muoz, odamlarni yuzchamchasiga yoki burunchasiga do‘zaxga uloqtiruvchi narsa ularning tillarining hosilidir” dedilar". (Ahmad, Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari). Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:39 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar