Hanafiy va Shofiy mazhablarida namoz vaqti
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh sizdan rozi bo‘lsin, bilimlarimizni oshirishda katta xissa qo‘shmoqdasizlar. Biz xozir boshka davlatda yashaymiz. Bu erda namoz taqvimida Asr namozi 17:48lar atrofida va bu Shofiy mazhabiga ko‘ra belgilangan. Bizning mazhabga ko‘ra esa 19:05lar atrofida. Men qidrish xizmatidan olgan ma’lumotim bo‘yicha ular bilan birga ya’ni masalan masjidda bo‘sangiz yashab turgan erning qoidasi bo‘yicha namozni o‘qing, ular bilan bo‘lmasangiz o‘z mazxabingizda o‘qiganingiz ma’qul deyilgan ekan. Uyda farzand tarbiyasi bilan mashg‘ul ayol o‘z Hanafiy mazxabiga ko‘ra o‘qiyveradimi? Agar shunday bo‘lsa taqdir taqazosi bilan Peshin namozini aynan o‘z vaqtida o‘qiy olmay Asr vaqti kirguncha o‘qib olsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Jamoatga chiqmaganlar ehtiyotini olganlari yaxshi. Peshin namozini shofe’iy mazhabida belgilangan kishilar peshinni asr vaqtigacha kechiktirmasin. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 11:28 | Savol-javoblar | 156 | Ibodatlar