Sunnat ammallar
Assalomu alaykum! XOTINI USTIGA XOTIN OLISh Assalomu alaykum! Ko‘p xotinlik sunnat. Lekin inson birinchi ko‘z ochib ko‘rgan ayoli bilan to ayoli vafot qilgunicha birga axil yashay olishini sunnat xisoblanmaydimi? Yoki birinchi xotini ustiga xotin olib buni sunnat amal bo‘lgani uchun qildim deyish to‘g‘rimi? JAVOB: - Va alaykum assalom! Xalqimizdagi ikkinchi ayolga uylanish sunnat deb uylanishlari noto‘g‘ri. Aslida birinchi xotinga nima uchun uylangan bo‘lsa ikkinchi xotinga xam shuning uchun uylanish kerak. Sunnat so‘zini niqob qilishga xojat yo‘q. Valloxu a’lam! "Zikr axlidan so‘rang" xay’ati Shu maqola va javobni internet tarmog‘ida ko‘rib qoldim menda savol paydo bo‘ldi Sunnat ammal bu Muxammad S.A.V qilgan ammalarini sunnat deb bilardim nima ish qilmelik Quroni karimda aytilganidek va Payg‘ambarimiz sunnatlaridaqa bajarishiga xarakat qilsek yaxshi ish bo‘lardi. Qurbi etsa islomda 4 xotin mumkunku Payg‘ambarimiz Muxammad S.A.V. xam 4 uylanganlar . Ko‘p xotinlik sunnat amal emasmi ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz bizni javobimizni qayta qayta o‘qisangiz tushunar edingiz. Hozirgi kunda “ikkinchi ayolga uylanish sunnat” deb o‘sha ikkinchi xotinga uylanishni boshqa shartlarini unutib qo‘yayotganlar bor. O‘shalar haqida yozgan edik. Birinchi xotinga nima deb uylanadi odam? Iffatimni saqlayman, solih-soliha zurriyodlar qoldiraman, ayolim va farzandlarimni tarbiyasi va harajatlarini ta’minlayman, ularga qiyomatda mas’ulman deb uylanadimi? Atrofimizdagi “bu sunnat” deb ikkinchisiga uylanayotganlarni necha foizi shunday qilishmoqda? Namozning sunnatlarini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan sunnat deb u zot alayhissalom o‘qiganlaridek o‘qiymiz. Ko‘p xotinlik sunnat deb uylanganlar ham hamma shartlarini u zotdek qilsinda. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 01:12 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush