Qaynona kelin

Assalomu alaykum! (Savol mening nomimdan emas). Men kichik kelinman, mendan katta ovsinim ham bo‘lib ular bilan ahilmiz. Qaynonam bilan ham ahilmiz, lekin ovsinim bilan qaynonam ahil emas. Qaynonam nuqul mendan “ovsiniz nima dedi, nima qilayapti? Menga aytaverin” deb, ularni hamma sirlarini bilib oladilar. Ovsinim bo‘lsa menga ishonib hamma sirlarini aytadi. Lekin qaynonam meni aldab bilib oladilar. Meni bu ishim gunohmi? Qiyomatda buning ham jazosi bormi? Jazosi qanday bo‘ladi? Iltimos javobingizni kutaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu ishlaringi mutloq noto‘g‘ridir. Bunda omonatga xiyonat va chaqimchilik ko‘rinishi bordir. حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ بْنُ جَعْفَرٍ، عَنْ أَبِي سُهَيْلٍ نَافِعِ بْنِ مَالِكِ بْنِ أَبِي عَامِرٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صلي الله عليه وسلم قَالَ: «آيَةُ الْمُنَافِقِ ثَلَاثٌ: إِذَا حَدَّثَ كَذَبَ، وَإِذَا اؤْتُمِنَ خَانَ، وَإِذَا وَعَدَ أَخَلَفَ». أطرافه: 33، 2749، 6095 - تحفة: 14341 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Munofiqning alomati uchtadir: gapirsa yolg‘on gapiradi; omonat topshirilsa xiyonat qiladi; va’da bersa bajarmaydi», dedilar». حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا جَرِيرٌ، عَنِ الْأَعْمَشِ، عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ مُرَّةَ، عَنْ مَسْرُوقٍ، عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرٍو رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلم: «أَرْبَعُ خِلَالٍ مَنْ كُنَّ فِيهِ كَانَ مُنَافِقًا خَالِصًا: مَنْ إِذَا حَدَّثَ كَذَبَ، وَإِذَا وَعَدَ أَخْلَفَ، وَإِذَا عَاهَدَ غَدَرَ، وَإِذَا خَاصَمَ فَجَرَ، وَمَنْ كَانَتْ فِيهِ خَصْلَةٌ مِنْهُنَّ كَانَتْ فِيهِ خَصْلَةٌ مِنَ النِّفَاقِ حَتَّى يَدَعَهَا». طرفاه: 34، 2459 - تحفة: 8931 Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «To‘rt xususiyat borki, ular kimda bo‘lsa, haqiqiy munofiq bo‘libdi: gapirsa yolg‘on gapiradigan; va’da bersa xilof qiladigan; ahdlashsa xiyonat qiladigan; xusumatlashsa fojirlik qiladigan kishi. Kimda bu xislatlardan biri bo‘lsa, to uni tashlamagunicha unda munofiqlikning bir xislati bo‘ladi». حَدَّثَنَا أَبُو نُعَيْمٍ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ مَنْصُورٍ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ، عَنْ هَمَّامٍ قَالَ: كُنَّا مَعَ حُذَيْفَةَ فَقِيلَ لَهُ: إِنَّ رَجُلًا يَرْفَعُ الْحَدِيثَ إِلَى عُثْمَانَ. فَقَالَ حُذَيْفَةُ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ صلي الله عليه وسلم يَقُولُ: «لَا يَدْخُلُ الْجَنَّةَ قَتَّاتٌ». تحفة: Hammamdan rivoyat qilinadi: «Huzayfa bilan birga edik. Unga: «Bir kishi gapni Usmon roziyallohu anhuga etkazib turadi», deyildi. Shunda Huzayfa: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Gap tashuvchi jannatga kirmaydi», deyayotganlarini eshitganman», dedi».(“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:24 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar