Nikoh va mahr haqida

Assalomu alaykum! 2011-yilda uylanganman. Nikoh o‘qigan domla (joylari jannatda bo‘lsin) ayollimga mahr berish haqida so‘ramaganlar, eslaridan chiqib qolganmi bilmadim, men ham ilmsizligim tufayli shu kungacha buni bilmaganman. Xozirda 3 farzandimiz bor Alhamdulillah. Ustoz biz zino ish qilib kelmadikmi, qayta nikoh vojibmi, agar vojib bo‘lsa qancha miqdorida mahr berishim lozim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Esida bo‘lmagan bo‘lsa kerak. Mahr nikohning vojiblaridan, buni yo‘lga qo‘yish va qattiq e’tibor qaratish kerak. Nikoh vaqtida aytilmasa ham kuyovni zimmasida mahri misli vojib bo‘ladi. Siz surishtiring uylangan vaqtingizda do‘stlaringiz qancha mahr berishgan bo‘lsa, o‘shani beraman deb ayolingiz bilan kelishing. Mahrni berib rozi qiling. Nikohni yangilash shart emas. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 01:53 | Savol-javoblar | 170 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar