Bismilloh aytmasdan so‘ygan go‘sht

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar shu xadisni sharxlab bersangiz. Imom Buxoriyda kelgan ekan. Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir qavm Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, bizga bir qavm go‘sht olib kelib turadi. Lekin, biz u go‘sht «bismilloh» aytib so‘yilgan hayvonning go‘shtimi yoki yo‘qmi, bilmaymiz», - deyishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «O‘zlaringiz «bismilloh» aytib eyaveringlar!»- dedilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U qavm musulmon bo‘lgan qavm edi. Bismillahni aytganlari esdan chiqqan yoki chiqmaganini bilmaymiz deyilgan savolga sizlar Bismillah deb eyaveringlar deb javob berganlar. Chunki esdan chiqarib aytmasa halol bo‘ladi. Qasddan aytmasa halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 07:49 | Savol-javoblar | 157 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar