Xayriya, diniy guruxlarga odam qo‘shish
Assalomu alaykum! Bizni o‘zimizni xayriya guruximiz bor, xabaringiz bo‘lsa Ustoz Abror Muxtor Aliy boshligida Mexr 2020 guruxi tashkil qilingan, biz shu guruxning Qarshidagi bir vakilimiz. O‘zimizning telegram guruximiz bor, xuddik boshqa viloyatlarnikidek kabi. Lekin oxirgi kunlarda butun telegramda xabar tarqadi, guruxga odamlarning ruxsatisiz qo‘shish joiz emas degan. Ammo 10.000 ta odam bo‘lsa ularni 99% dan so‘ralmagan. Va buni so‘rash o‘ta imkonsiz narsa, bunaqa ishlardan so‘rash kerak desak odamlar juda sust bunaqa ishlarda, nafslari qo‘ymaydi. Lekin shu guruxdan bir kuzatuvchi 4 kun avval 90 ta oila uchun bozorliklarni zimmasiga olib, qilib berdi. Bu xolatda yaxshilikga targ‘ib, taklif bo‘lyaptiku axr. Agar bunday guruxga qo‘shmasa ular bekor vaqtlarini boshqa gurux, kanllarda o‘tqazardiku axr. Bu guruxga ruxsati bilan qo‘shish uchun 10.000 ta odam bir birga ma’lumot berishi kerak bo‘ladi, lekin buni uddalay olishmaydi, kerakmi manga shu deyishadida, juda katta savobdan quruq qolib ketishadi. Keyin buni nojoiz deyilganligini asli, insonni vaqtini olmaslik, lekin diniga amal qilganlar bular asosan diniy, xayriya gurux adminlari bundan voz kechishadi, va ishlari xam sal orqaga ketishi mumkun, sababi aytilgandek 95% foydalanuvchilar o‘zidan bilib odam qo‘shishmaydi. Shu sababli ancha savobli ishlar orqaga ketadi. Ammo diniga be e’tibor bo‘lganlar buni davom ettiraverishadi, yolg‘ondan aktsiya qilib, yolg‘onchaki guruxlarni ko‘paytiraverishadi, shu xolatda xalq ularni qullab odam qushaveradi, mana shu xolatda xaqiqiy vaqtni o‘g‘irlash bo‘ladi, sababi yolg‘ondan sovg‘a beramiz odam qo‘shsangiz deb odam yig‘ishadi, ammo diniy va maxrifiy, xayriya guruxlar oldi qochdi gapdan yiroqda, foydasi tegsa tegar lekin zarari yo‘q. Va bu fatvoning asosiy sababi shu vaqtni xaqiqatdan befoyda narsaga oladigan guruxlar bo‘lsa kerak. Shuni yana bir kengroq ko‘rib beringlar. Xozir bir fatvo bilan ancha savobli ishlardan quruq qolib ketamiz. Boshqalar esa birovni vaqtini olishni davom etaveradi. Bu masalada 2 xil turdagi guruxlarni nazarga olinglar. Telegramda anchadan faoliyat qilayotganim sababli shuni xabar qildim sizlarga. Islomiy, diniy, xayriya guruxlarga ularni qo‘shib dalolat qilinmasa, 95% inson o‘z xoxishi bilan kirmaydi foydali guruxlariga, oldi-qochdi kanal va gurxlarni doimiy ko‘zatishadi. Javobni telegramga xam qo‘ysangiz yaxshi bo‘lardi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sim karta o‘sha odamni shaxsiy mulki hisoblanadi. U pul to‘lab olgan megabaytlari ham ochgan telegrami ham shaxsiy mulki. Egasidan so‘ramasdan uni majburlab boshqa kanallarga qo‘shib, zada qilib, ko‘nglini ozdirish bilan ehsonga va dinga da’vat qilinmaydi. Sizlar birovni shaxsiy narsasiga daxl qilishdan ko‘ra boshqa yo‘lini topinglar. So‘ramasdan kanallarga qo‘shib qo‘yilgan odamlarni 99%ga bu ishi yoqmaydi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 02:05 | Savol-javoblar | 147 | Mediya
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sim karta o‘sha odamni shaxsiy mulki hisoblanadi. U pul to‘lab olgan megabaytlari ham ochgan telegrami ham shaxsiy mulki. Egasidan so‘ramasdan uni majburlab boshqa kanallarga qo‘shib, zada qilib, ko‘nglini ozdirish bilan ehsonga va dinga da’vat qilinmaydi. Sizlar birovni shaxsiy narsasiga daxl qilishdan ko‘ra boshqa yo‘lini topinglar. So‘ramasdan kanallarga qo‘shib qo‘yilgan odamlarni 99%ga bu ishi yoqmaydi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 02:05 | Savol-javoblar | 147 | Mediya