Onam folga ishonadi, qanday yo‘l tutay

Assalomu alaykum! Yaqinda buvimning mazalari bo‘lmadi. Bir muddat shifoxonada davolandilar. Natija unchalik yaxshi bo‘lmadi, shunda onam va xolamlar folbinga borishibdi(bundan bexabar edim). Shunda folbin onangizni o‘lib ketgan, unga "qo‘l bergan" momolari bor ekan ular sizdan narsa kutishyapti deb tovuq, latta-putta shunaqa narsalar buyuribdi. Kecha boshqa bir xolam ham kasal bo‘lib qolib folbinga borishini aytib qoldi. Bulardan xabar topgach men onamga bu haqda tushuntirishga harakat qildim. Bu qilgan ishlari gunoh ekanligini jazo og‘ir bo‘lishini tushuntirdim. O‘tib ketgan insonlar sizdan narsa emas, haqlariga duo qilishingizni, Qur’on tilovat qilishingizni kutishadi deb tushuntirdim. Lekin onam "unday dema” deydilar. Buving shu narsadan keyin tuzalib ketdilar deb meni eshitishni istamadilar. Onamni, yaqinlarimni bu yo‘ldan qaytarish uchun qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Man qilib to‘xtatish qo‘lingizdan kelsa bor imkoniyatingizni ishga soling. Agar qo‘lingizdan kelmasa og‘zaki ogohlantirishda bardavom bo‘ling. Ularga yaxshi raddiya berish uchun bilimingizni oshiring. Ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning “Folbinlik, sehrgarlik, jin chiqarish va noan’anaviy davolash kabi ishlarning haqiqati” nomli kitobini olib o‘qing. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:56 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar