Jabroil farishtani ko‘rish

Assalomu alaykum! Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning jamolini ko‘rish uchun duo qilaman. Lekin ich ichimdan Jabroil alayxisalomni ko‘rishni bir bor orzu qilaman. Bu gunox emasmikan deb qo‘rqib ketaman bazida. Allohga duo qilip xam so‘rayman bu noto‘g‘rimi emasmikan? Jabroilga xam oshiqman manam nomoz o‘qib Qur’on o‘qisam Allohimning raxmatiga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shafoatiga va Jabroilning jamolini bir marta ko‘rishga ishonib yashasam gunox emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu kabi g‘ayb masalalarni faqat oyat va hadisda bayon qilinganichalik bilamiz. Hadislarda ahli jannatlar Alloh taoloning jamolini ko‘rishligi keltirilgan. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 02:26 | Savol-javoblar | 185 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar