Ijtimoiy tarmoqlardagi Payg‘ambarimiz haqlaridagi ma’lumotlar

Assalomu alaykum! Ijtimoiy tarmoqlarning birida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam haqida quyidagi ma’lumotlar bor ekan, ularning asosi bormi? 1. U zot tug‘ilish paytida qo‘llari bilan avratini berkitib tug‘ilganlar 2. U zot biror marta ham ehtilom bo‘lmagan 3. U zot biror marta ham esnamaganlar 4. U zot kunduzi qanday ko‘rsalar tunda ham shunday ko‘rganlar 5. U zotning soyalari bo‘lmagan, U zot tamomila nur bo‘lganlar 6. U zot mingan ulov biror marta ham tezak tashlamagan, bavl qilmagan 7. U zotning kiyimiga biror marta ham pashsha qo‘nmagan. Savolim o‘rinsiz bo‘lsa vaqtingizni olganim uchun uzur so‘rayman
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bular haqida sahih hadislar yo‘q. Ba’zi birlariga zaif hadislar bor. U zot tamomila nur bo‘lgan degan gap ma’naviy jihatdan haq, insoniy jihatdan noto‘g‘ri. U zot ham inson bo‘lganlar. Farishtalar kabi nurdan bo‘lmaganlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:36 | Savol-javoblar | 184 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar