Spirt ichish

Assalomu aleykum! Man o‘zimizni viloyatdagi viloyat ko‘p tarmoqli kasalxonasida amaliyot o‘tayman. Har xil kasallar keladi, asosan qiladigan ishim kasallarga ukol va kapelnitsa qo‘yish. Kecha bir palataga kirib ukol qilayotganimda bir yoshi katta buvi spirtni ochib berishimni so‘radi (o‘zini qo‘liga kapelnitsa qo‘yilgani uchun o‘zi ocha olmagan). Man ham biron bir paxtani ho‘llasa kerak deb ochib bergandim, bir qultum ichib qaytib qo‘ydi. Bu gunohligini bilaman. Mani savolim shuki uni qilgan gunohiga man ham sherik bo‘lib qolganmanmi? Agar shunday bo‘lsa nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bilmasdan qilganingiz va o‘zi xohishi bilan ichgani uchun gunohga sherik bo‘lmaysiz. Ammo bundan keyin bunaqa holatlarga tushib qolmaslik yo‘lini qiling. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 02:25 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar