So‘ramasdan eyilgan taom bilan dindan chiqadimi?
Assalomu alaykum! Yaqinda shunday hodisa bo‘ldi. Men do‘stlarim bilan kvartira turamiz. Bir do‘stim uydan eyish uchun non va mirabbo olib kelgan edim. Odatda u do‘stim bilan u yoki men olib kelgan narsalarni birga eyaveramiz. Kechqurun o‘sha uyidan olib kelgan narsalaridan eyishimni so‘ragan edim ha eyavering dedi va birga ovqatlandik. Keyin ertalab bomdod namozdan keyin men ertalab turib yana o‘sha do‘stimni narsalaridan edim. O‘zi yonimdan uxlab yotgan edim. Ovqatlanib bo‘lganimdan keyin o‘ylab qoldim "Men egan narsalarni do‘stimdan so‘ramasdan eganimni va eyishdan oldin Bismillah ni aytib eb bo‘lganimdan keyin Allohga hamd aytib omin qilganimni eslab qoldim" Ovqat eyayotganimda so‘rash bir esimga tushgan edi ammo biz ovqat masalliqlarimizni birga foydalanganimiz uchun unchalik etibor bermadim juda afsusdaman. Men o‘ylantirib qo‘ygan narsa men so‘ramasdan omonatga hiyonat qilib harom ish qildim unda tashqari Bismillah ni aytib eb bo‘lib Allohga hamd aytganman. Bu ishim bilan dindan chiqib qoldim deb o‘ylab qoldim usha zahoti tavba qildim. Shunday meni holatimda inson dindan chiqib qoladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh asrasin, bu ishingiz dindan chiqishga sabab bo‘lmaydi. Odatda siz do‘stingiz bilan olib kelgan narsalaringizni birga eydigan bo‘lsangiz, umumiy bir-biringizga o‘sha narsalarni eyishda izn berib qo‘ygan bo‘lsangiz, zarari yo‘q. Unday bo‘lmasa, do‘stingizdan rozilik so‘rab qo‘ying. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 02:26 | Savol-javoblar | 126 | Dolzarb savollar