Namoz o‘qish joyi
Assalomu alaykum! Men ayol kishiligim sababli ishda namoz o‘qiy olmayman. Avtomobilimga chiqib o‘tirib namozimni o‘z vaqtida o‘qisam, namoz zimammdan ado bo‘ladimi? Mashinani chetga qo‘yib namoz o‘qish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslo ado bo‘lmaydi. Siz bandalardan uyalmang. Mashinada o‘tirib o‘qish o‘rniga ishxonangiz yaqinidan biror bir xonani ijaraga olib bo‘lsa ham namozingizni hech bo‘lmasa farzini bo‘lsa ham vaqtida o‘qing. Allohning quyidagi va’dasi hazil emas: فَوَيْلٌ لِّلْمُصَلِّينَ الَّذِينَ هُمْ عَن صَلَاتِهِمْ سَاهُونَ4. Bir «namozxonlar»ga vayl bo‘lsinki… 5. Ular namozlarini unutuvchilardir. Ya’ni namozning ma’nolarini, hikmatlarini, insonning vijdonini poklashini, qalbda marhamat-shafqatni qo‘zg‘ashini unutganlarning holiga voy! Joyi jahannam! Alloh taolo «Ankabut» surasining 45-oyatida: «…albatta, namoz fahsh va munkardan qaytarur», – degan. Kim namoz o‘qisa-yu, yomon ishlardan qaytmasa, u namozini unutganlar jamoatidan bo‘ladi. Ushbu oyatlarning ma’nosi haqida mufassirlarimiz bir qancha ta’villar aytganlar. Abul Oliya: «Bular namozni o‘z vaqtida o‘qimaydiganlar, ruku’ va sajdalarini yaxshilab, batamom qilmaydiganlar», – degan. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu: «Bu shunday namozxonki, u o‘zi o‘qigan namozidan savob umid qilmaydi va uni o‘qimasa, iqobidan qo‘rqmaydi», – deganlar. Ibn Jarir Tobariy keltirgan rivoyatda Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan ushbu oyat haqida so‘ralganda, «Ular namozni o‘z vaqtidan orqaga suradiganlar», – deganlar. Mufassirlarimiz ushbu jumladagi kelishik qo‘shimchalariga ham alohida e’tibor berganlar. Oyatda «An solatihim saahuun» – «namozlarini unutuvchilar», deyilmoqda, «fii solatihim» – «namozlarida» deyilmayapti. Shundan oyatda munofiqlar haqida so‘z ketayotgani kelib chiqadi. Chunki mo‘min kishi ham namoz ichida ba’zi narsalarni unutishi mumkin. Lekin unutish bilan unutishning farqi bor. Munofiqning namozni unutishi o‘qimaslik, unga e’tiborsizlik qilishi ila bo‘ladi. Mo‘min esa namozning ichida biror narsani unutib, xatoga yo‘l qo‘ysa, sahv sajdasi qilib, darhol to‘g‘rilaydi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan “Maauun” surasi). Vallohu a’lam!
11 May 2022, 02:37 | Savol-javoblar | 160 | Ibodatlar