Noodatiy namozlar
Assalomu alaykum! Kundalik 5 mahalgi namozlar o‘z ichiga 2, 3 yo 4 rakatlik namozlarni olib, deyarlik hammalari (A’sr namozidan tashqari) shuncha rakatlik qismlarga ajratilgan holda to‘liq 4, 10 yo 5 yo 9 rakatlik etib tugatiladi. Tatavvu’ namozining rakatlari esa istalgan miqdorda bo‘lishiga fatvo bor. Demak, ushbu namozni 2 yo 4 rakatlik etib o‘qishga niyat qilishdan tashqari, boshqa namozlardan farqli o‘laroq, tatavvu’ namozini birgina niyat bilan hech qanday qismlarga bo‘lmagan holda to‘liq (misol uchun, Peshin namozi 10 rakatlik, biroq ushbu namoz birgina niyat bilan uzluksuz 10 rakatlik etib tugatilmaydi, aksincha 4 rakat sunnat, 4 rakat farz yana 2 rakat sunnat namozlariga bo‘linib, qismlik etib tugallanadi) 1, 3, 5, 6, 7, 8, 9, 10 va yo undanda oshirib o‘qimoq to‘g‘risida nima deyilgan? Yana bilamizki 3 va 4 rakatlik namozlarning 2-rakatida jalsada o‘tirilib "Attahiyat" duosi aytilganindan so‘ng qolgan rakatlarni o‘qishga turuladi. Agar yuqorida so‘ralgan o‘ta qisqa yana uzun tatavvu’ namozlarini o‘qishga diynimizda ruxsat bo‘lsa, (1, 3, 5, 6, 7, 8, 9, 10 va yo undanda oshiq rakatlik namozlarni ko‘zda tutayapman) bunday namozlarda jalsa nechanchi rakatdan keyin bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nafl namozni niyat qilib har ikki rak’atda o‘tirib, kunduzi 4 rak’atgachi kechasi 8 rak’atgacha o‘qilaveradi. Nafl namozi toq o‘qilmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:57 | Savol-javoblar | 191 | Ibodatlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nafl namozni niyat qilib har ikki rak’atda o‘tirib, kunduzi 4 rak’atgachi kechasi 8 rak’atgacha o‘qilaveradi. Nafl namozi toq o‘qilmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:57 | Savol-javoblar | 191 | Ibodatlar