Uy zakoti masalasi

Assalomu alaykum! Biz oilaviy xovlida yashaganmiz. Keyinchalik Toshkentga ko‘chib boshqa xovli qildik. Eski xovlimizni esa sotuvga qo‘ydik lekin 7-8 yil mobaynida sotilmastan turdi. Ana shu xolatda biz xar yilga qurbonlik qilishimiz vojib bo‘lganmi yoki xar yilga xovlining bozor narxidagi qiymatidan zakot chiqarishimiz kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zakot chiqarish kerak emasdi, ammo har yili qurbonlik qilish kerak edi. O‘shancha yillarning har biri uchun alohida-alohida o‘rtacha bitta qo‘yning narxini sadaqa qilishingiz vojib. Qo‘y so‘ysangiz ham zimmangizdan ado  bo‘lmaydi. Faqat sadaqa qilasiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 02:37 | Savol-javoblar | 153 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar