Qiblaga yuzlanishdagi muammo
Assalomu alaykum! Biz Rossiyada ishlaymiz, namoz o‘qishda qiblaga 100% yuzlanishni imkoni bo‘lmayapti, chunki yotoqxonimiz qurilishida bu narsa xisobga olinmagani aniq qiblaga yuzlansak xonamizning 1 burchagiga to‘g‘ri keladi bu xolda yakka namoz o‘qishda muammo yo‘q, muammo shundaki jamoat bo‘lib o‘qisak safimiz to‘g‘ri bo‘mayapti, xonada dioganal xolda saf tortishga to‘g‘ri kelyapti, xonaning eni 2 metrdan sal kattaroq bo‘lganligi sababli safimiz 3-4 qator bo‘lib ketyapti va bir bir birimizga xech xam bir chiziqda turishning iloji bo‘lmayapti, agar xonaga paralel ravishda saf tortsak yuzimiz qibladan 45 gradusga burilib qolyapti, lekin safimiz to‘g‘ri bo‘lishi aniq, (xali bunday o‘qiganimiz yo‘q), shunda xonaga paralel ravishda namoz o‘qisak bo‘ladimi, yoki safimiz to‘g‘ri bo‘lmasaxam o‘tkir burchakka qarab o‘qishimiz kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qanday holatda bo‘lsa ham Qiblaga qarab o‘qinglar. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 02:37 | Savol-javoblar | 166 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qanday holatda bo‘lsa ham Qiblaga qarab o‘qinglar. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 02:37 | Savol-javoblar | 166 | Namoz