Qurbonlik go‘shti to‘g‘risida

Assalomu alaykum! Yaqinda qurbonlik qildik ya’ni onam o‘zlarining nomlaridan qildilar. Qurbonlikdan uyda olib qolingan go‘sht bor edi. Shu go‘shtdan dugonalariga gashtak (har oyda yoki haftada bir kishi qilib beradi) qilib berdilar. Ular esa har gashtakda ma’lum miqdorda pul yig‘ib gashtak qilgan odamga berishadi. Xususan onamga ham o‘sha qurbonlik go‘shtidan qilingan gashtakda pul beribdilar. Shu pulni olish joizmi? Olgan bo‘lsalar qaytarsinlarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ehson niyatida edirgan bo‘lsa, joiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 02:59 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar