Muslim prodan foydalanish
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar. Alloh ilmingizni yanada ziyoda etsin, bizlarga ham shunday ilm egasi bo‘lishimizni o‘zi toqat sabr bersin. Sizlarga quyidagi savollarni bermoqchiman Muslim pro deya atalmish ilova barchaga yaxshi tanish. Shu ilovaga bog‘liq bo‘lgan savollarni o‘qib chiqdim. Va meni tushunishim bo‘yicha siz azizlarning bu ilovadan foylanishga qarshiligingiz yo‘q. Ammo menda bir qancha tushunmovchiliklar paydo bo‘ldi. 1) Muslim proda har xil bo‘lar bo‘lmas reklamalar bor. Ali expressning reklamalarini doimo taqdim etadi. Vaholanki u reklamalar insonning nafsini qo‘zg‘atuvchi narsalarni targ‘ib qiladi. Masalan, tilla taqinchoqlar doimo ko‘rsatilsdi. Undan tashqari men bu onlayn shopping do‘konidan elektron qurilmalarni sotib olishga ehtiyojim borligini bilgani uchun doim noutbuk va shunga o‘xshash mahsulotlarni reklama qiladi. Axir xolislik yo‘qku. Ko‘plab musulmonlar bu ilovani foydalanishlarini bilib reklama qilsa bu biznesga aylanib qolmoqda. Bunisi ham-ku mayliya, reklama qilinayotgan narsalar nafsni qo‘zgqovchidur. Bunisiga nima deysiz! Shunga oydinlik kiritib bersangiz degandim. 2) Men hozirda Inchon shahrida universitetda tahsil olayotganim sababli istiqomat qilmoqdaman. Bu er namoz vaqtlarini bu ilova har xil ko‘rsatadi. Ya‘ni sozlash tizimidan Karachini tanlasak bir vaqtni ko‘rsatadi, Butunjahon Musulmonlar ittifoqi hisobi bo‘yicha boshqa vaqtni ko‘rsatadi. Va bular orsidagi farq etarlich katta. Savolim, bunday holda qanday yo‘l,tutish kerak? 3) Kechadan oldin biz masjidda xufton namozini 9.45 ado etdik. Vaholanki Karachi xisobi bo‘yicha muslim pro namozning kirish vaqtini 9.47 deya ko‘rsatmoqda. Butunjahpn Musulmonlar ittifoqi bo‘yicha esa adashmasam 9.40 yoki undan ertaroq. Qay vatga qarab o‘qishimiz ketak? Va o‘qiganimizni qautadan o‘qishimiz kerakmi? Sizlarni javoblaringizning birlarida Karachixisobiga o‘tkazing deyilgan javobni ko‘rgan edim. Adashgan bo‘lsam uzr. Aziz ustozlar shu masalalarga oydinlik kiritib bersangiz. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin va nabiylarning haqiqiy merosxo‘rlar qatoridan etsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ayb bizda, biz o‘shalarsiz ham ishlaydigan narsani taqdim qilolmaganimizda.
2). Karachi rasadxonasiga qarab o‘qinglar.
3). Xuftonni ikki vaqti bor. karachi keyingisiga amal qiladi. Birinchisiga amal qilish ham joiz. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 13:13 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ayb bizda, biz o‘shalarsiz ham ishlaydigan narsani taqdim qilolmaganimizda.
2). Karachi rasadxonasiga qarab o‘qinglar.
3). Xuftonni ikki vaqti bor. karachi keyingisiga amal qiladi. Birinchisiga amal qilish ham joiz. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 13:13 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar