Hozir ham vaxiy kelishi mumkinmi

Assalomu alaykum! Mani bitta eshitgan gapim uylantirib qo‘ydi. Bir kotta yoshlik xojiona xajga borganliklarini gapirib turib xozirgi zamonda yashayotgan Zakariyo degan shayx xaqida gapirdilar "u kishiga ibodat qilayotganlarida olloxdan vaxiy kelibdi" dedilar. Shu to‘g‘rimi? Man eshitgandim payg‘ambarimizdan keyin vaxiy kelmay qo‘ygan deb.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz to‘g‘ri eshitgan ekansiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan keyin vahiy ham payg‘ambar ham bo‘lmasligini musulmonlarni hammasi biladi. Alloh taolo "Ahzob" surasida marhamat qiladi:   مَّا كَانَ مُحَمَّدٌ أَبَا أَحَدٍ مِّن رِّجَالِكُمْ وَلَكِن رَّسُولَ اللَّهِ وَخَاتَمَ النَّبِيِّينَ وَكَانَ اللَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمًا۝ 40. Muhammad sizlardan bironta erkakning otasi bo‘lgan emas. Lekin Allohning Rasuli va nabiylarning so‘nggisidir. Alloh har bir narsani o‘ta biluvchidir.
Lekin Muhammad sollallohu alayhi vasallam Allohning hamma uchun yuborgan Rasulidir. Ul zot payg‘ambarlarning so‘nggisidir, undan keyin hech bir payg‘ambar kelmas. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

11 May 2022, 03:10 | Savol-javoblar | 181 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar