Ro‘za tutish duosini kechroq o‘qish

Assalomu alaykum! Misol uchun, ro‘za tutmoqlik uchun saharlik vaqtida bir odam ovqatlanib bo‘lgach, hali saharlik duosini o‘qimasdan o‘zini yomon his qilsa (bosh yoki qorin og‘rig‘i), mazasi yaxshilangandan so‘ng og‘iz yopish duosini (hech narsa emagan holda, ruzani qazo qilmaslik uchun, quyosh chiqqandan so‘ng) o‘qishi mumkinmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mumkin. Xalqimizda “Kech qolgan odam bir ho‘plam suv ichib bo‘lsa ham og‘zini yopib olsin” degan gap bor. Bu qaysi bir la’nati insonning gapi ekanligini bilmaymiz. Bir xo‘plam suv ichishi bilan o‘sha kungi ro‘za, ro‘za bo‘lmaydi. Kech uyg‘ongan odam emaydi ham, bir xo‘plam ham suv ichmasdan niyat qilib olaveradi. Biz javobni qo‘polroq yozishga harakat qildik, shoyad insonlarning zehnida o‘rnashib qolsa. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:25 | Savol-javoblar | 148 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar