Homiladan saqlanish

Assalomu alaykum! Ayol kishi tuqqanidan keyin vaqtinchalik homiladan saqlanish uchun spiral qo‘ydirsa bo‘ladimi? Bir tanishim ayoliga qo‘ydirtirmagan ekan tuqqanidan keyin yana homilador bo‘lib qolibdi. Bu onaga ancha qiyinchilik tug‘diradi. Iltimos shu masalada ma’lumot berishlaringizni so‘rayman. Agar mumkin bo‘lmasa qanday yo‘llari bor? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Vaqtinchaga qo‘ydirsa bo‘ladi. Shar’iy zaruratsiz butunlay tug‘maydigan qilib bachadon og‘zini tikib qo‘yish shar’an joiz emas. Joiz emasligining darajasi harom. Chunki bu Alloh taolo bergan xilqatni o‘zgartirishga kiradi. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 08:12 | Savol-javoblar | 153 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar