Qaynami vasiyati
Assalomu alaykum! Qaynam xozir og‘ir axvolda bolnitsada. Bisotida bitta moshinasi bor shuni “men o‘tsam moshinamni sotib 3.7.20.40 yilimni qilinglar” deb vasiyat qilyapti. Lekin men aza 3 kun desam siz voxobiysiz unaqamas diyapti. U xaqida Shayx xazratlarini ibodat islomiya kitobidan o‘qiganman desam xam unamayapti. Men shu vasiyatni bajarmasam gunoxkor bo‘lmimanmi? Undan ko‘ra qarzlariga o‘qimagan tutmagan ro‘zalariga yoki uy ro‘zg‘orlariga nevaralariga ishlatsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunohkor bo‘lmaysiz. Kishining bunday vasiyati bajarilmaydi. Inson agar vafot etsa uning qoldirgan mol-mulki shariat ko‘rsatmalariga ko‘ra merosxo‘rlar va vasiyat qilinganlar (agar bo‘lsa) o‘rtasida taqsimlanadi. Buning o‘z qonun-qoidalari bor. Bordiyu siz shu ishga bosh bo‘lishingizga to‘g‘ri kelib qolsa o‘zingizcha biror ish qilib qo‘ymasdan darhol ahli ilmga murojaat qiling. Vallohu a’lam!
27 Noyabr 2023, 14:50 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush