Taloq bo‘ldimi

Assalomu alaykum! Kecha turmush o‘rtog‘im to‘yga borib mast bo‘lib keldi va har xil gap gapirib ko‘nglimni og‘ritdi: erim keldi deb kutib olmaysan va bo‘lar bo‘lmas gaplar. Men aroq xo‘larni juda yomon ko‘raman. Men esa: to‘yxonadan emas, Xuftonni masjidda o‘qib kelgan bo‘lsangiz edi sizni kutib olsam, qanday ma’ruza tingladinggiz deb so‘rasam deb qattiq gapirdim va o‘zimga yaqinlashtirmadim. Keyin ular “sen bilan endi hammasi tamom, krit, hamma narsani yig‘ishtirdim faqat salom alik, suv yuziga chiqib baliqdey tovlansang ham menga baribir endi senga umuman yaqinlashmayman” deb uxlab qoldi. Ertalab uyg‘onganida bu gaplarni aytishdan murod nima edi desam hech narsani bilmayaptilar. Iltimos yordam bering. Taloq tushib qolmadimikan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq tushmaydi. Senga yaqinlashmayman deb qasam ichganda iylo degan shar’iy bir hukm sobit bo‘ladi. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing https://fiqh.uz/maqola/407

25 May 2022, 16:59 | Savol-javoblar | 131 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar