Erning ayolga munosabatlari
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, turmush qurganimizda 15 yil bo‘ldi. Turmush o‘rtogim bilan ibodatdabiza. Biror marta gaplarini ikki qilmayman. Islomda ayolninig oiladagi, hayotdagi vazifalari qanday bo‘lsa hammasini mukammal bajarishga harakat qilaman. Allohga behisob shukurkim baxtli hayot kechiramiz. Lekin o‘rtog‘im ota-onamni, uyimdagilarni yuzaki hurmat qiladilar. Orqalaridan esa juda ko‘p haqorat qiladilar. To‘g‘ri ota-onam, uyimdagilar ibodatda emaslar. Ammo ular ota-onamku. Hattoki ulardan tez-tez xabar olishga qo‘ymaydilar. 15 kunda ham bormayman. Faqat telefon orqali gaplashaman. Farzandlarimizning qoshida ham ota-onamni haqorat qilib orqalaridan gapiradilar. Bu g‘iybat bo‘lib gunoh hisoblanmaydimi? Bolalarni ongiga qanday ta’sir qiladi? Men qanday yo‘l tutishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Harakatlari notug‘ri. Allohdan so‘rang, axloq va odobi go‘zal bo‘lishini. Hammaning uyida bir g‘am bor. Bunday og‘iri bo‘lmaganiga shukur qiling. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:05 | Savol-javoblar | 139 | Oila va turmush