O‘g‘irlangan sim

Assalomu alaykum! Men uyda(chekda) qurilish qilayotgan edim. Yangi qurayotgan uyimizni akam lampa pol qildirib, lampadan oldin kabel tashlangan ekan. Mantor qolgan montajlar uchun kabel olishligimizni aytgandi, akam uyimizda kabel borligini aytdi va mantorga ma’qul keldi. Akam bilan bir dasturxonda o‘tirgan vaqtimiz kabelni Rossiyadan ishlab qaytayotgan vaqti o‘g‘irlab olib kelganini aytdi. Onam menga uy uchun boshqa kabel sotib olishiini va lampa uchun ishlatilgan kabelni xam chiqarib boshqa qo‘yishim kerakligini tayinladi. Iltimos maslaxat bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha o‘g‘irlangan simning pulini egasiga etkazish va roziligini olish kerak. Egasini topishning imkoni bo‘lmasa, uning nomidan miskinlarga sadaqa qilib yuborish kerak. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 03:21 | Savol-javoblar | 163 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar