Onamni folbinga borishdan qaytarolmayapman
Assalomu alaykum! Onam folbinlarga juda qattiq ishonadilar. Bu yo‘ldan hech qaytarolmayapman. Juda og‘ir gaplarni ham gapirdim, bu mening xatoim, albatta. Ko‘ngillarini og‘ritib qo‘ydim, shu yo‘ldan qaytmasalar men farzandlik vazifasini Alloh buyurganidek bajaraverishim kerakmi? Faqat duoda bo‘lishim to‘g‘rimi? Ular gapirsalar g‘ashim keladigan bo‘p qolganman, bundan qanday qutulsam bo‘ladi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz farzandlik vazifangizni bajaravering. Siz o‘z ishingizga, onangiz o‘z esa qilganlariga javob beradi. Alloh taolo “Luqmon” surasida marhamat qiladi: وَإِن جَاهَدَاكَ عَلى أَن تُشْرِكَ بِي مَا لَيْسَ لَكَ بِهِ عِلْمٌ فَلَا تُطِعْهُمَا وَصَاحِبْهُمَا فِي الدُّنْيَا مَعْرُوفًا وَاتَّبِعْ سَبِيلَ مَنْ أَنَابَ إِلَيَّ ثُمَّ إِلَيَّ مَرْجِعُكُمْ فَأُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ 15. Agar ikkovlari seni o‘zing bilmagan narsani Menga shirk keltirishga zo‘rlasalar, bas, ularga itoat etma! Va bu dunyoda ikkovlari suhbatini yaxshi qil hamda Menga yo‘nalganlarning yo‘liga ergash. So‘ngra qaytishingiz faqat Mengadir. Bas, sizga nima amal qilganingizning xabarini berurman.
Ha, ota-onaning farzanddagi haqqi ko‘p. Farzandlari ularni har qancha e’zozlasa, ularga har qancha shukr qilsa, itoat etsa, oz. Ammo Alloh taoloning haqqi undan ham yuqori. Chunki ota-ona farzandning dunyoga kelishiga, unib-o‘sishiga sababchi bo‘lsalar, Alloh taolo haqiqiy yaratuvchi va rizq beruvchidir. Shuning uchun Alloh taoloning haqqi ota-onaning haqqidan ustundir. Bu oyatda ana shu haqiqat bayon etilmoqda.
«Agar ikkovlari seni o‘zing bilmagan narsani Menga shirk keltirishga zo‘rlasalar, bas, ularga itoat etma!»
Agar ota-ona o‘z qadrini o‘zi tushirsa, ota-onalik burchini ado etish, Luqmoni Hakim kabi, bolasini shirkdan qaytarish o‘rniga, uni noma’lum narsani Alloh taologa shirk keltirishga zo‘rlasalar, noto‘g‘ri qiladilar. Bu holatda farzand ularga itoat etmaydi. Bu masalada ota-onaga itoat etilmaganidan keyin, ulardan boshqasiga itoat etmaslik turgan gap. Mo‘min-musulmon kimsa nafaqat Allohga shirk keltirishda, balki, umuman, U Zotga nisbatan ma’siyat ishlarda hech kimga itoat etmaydi.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Xoliqqa ma’siyat bo‘ladigan ishda maxluqqa itoat etilmas», – deganlar.
Lekin bu degani, boshqa e’tiqodda bo‘lgani uchun ota-onangdan butunlay voz kech, degani emas.
«Va bu dunyoda ikkovlari suhbatini yaxshi qil...»
Musulmon farzand kofir ota-onasiga e’tiqod, dinu diyonat masalasida itoat etmagani bilan, ularga shirin muomalada bo‘ladi, dunyoviy ehtiyojlarini qondiradi. Ushbu oyati karimalar nozil bo‘lmagan vaqtlarda Nabiy sollallohu alayhi vasallam Sa’d ibn Abu Vaqqos, Sa’d ibn Molik kabi ota-onasi mushrik bo‘lgan sahobiylarga ota-onalarini hurmat etishni, ularga yaxshilik qilishni buyurganlar.
«...hamda Menga yo‘nalganlarning yo‘liga ergash».
Ya’ni «Mening yo‘limni tutgan mo‘min-musulmonlarning izidan yur».
«So‘ngra qaytishingiz faqat Mengadir».
Mendan boshqaga emas. Qiyomatda hammangiz menga qaytasiz.
«Bas, sizga nima amal qilganingizning xabarini berurman».
Va har kim qilgan yaxshi amaliga yarasha mukofot, noshukr bo‘lganlar nonko‘rligiga yarasha jazolarini oladilar. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:48 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush