Hijobimdan voz kechmayman
Assalomu alaykum! Men bir savol bilan sizlarga murojaat qilmoqchiman. Ko‘p ikkilandim lekin bermasam bo‘lmaydi savolimni. Men Filologiya va tillarni o‘qitish ta’lim yo‘nalishini bitirganman. Nasib etsa sentabrdan maktabda o‘qituvchi bo‘lib ish faoliyatimni boshlash niyatidaman. Maktabda 3ta ayol o‘qituvchi va bir ikkita qiz hijobga kirgan edi. Yaqinda komissiya kelib o‘qituvchilarni yiģib hijobini o‘sha erning o‘zida echtiribdi. Qiz o‘quvchilar ham hijobini echishiga majburlanibdi. Endi men yangi o‘quv yilidan qanday qilib ish boshlashga hayronman. Lekin hijobimdan voz kechmayman umuman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz to‘g‘ri o‘ylagansiz. Hukumatda ham bunday qonun yo‘q. Allohning farzida bandasidan ruxsat so‘ralmaydi. Siz Allohga itoat qiling. Hijob deb maxsus qora yoki boshqa rangli maxsus tikilgan kiyimga mahkam turib olmasdan nima bilan bo‘lsa ham avratlaringizni to‘sing. Kiyimda ikki shart bo‘ladi. Birinchisi - ko‘rinadigan darajada shaffof bo‘lmasligi; ikkinchisi - a’zolarni bo‘rtib ko‘rinadigan darajada tor bo‘lmasligi. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 10:59 | Savol-javoblar | 171 | Ayollarga oid masalalar