Shaxbara, naxbara, laxbara, xaydara va lafutga uylanmaslik

Assalomu alaykum! Man bir xadis o‘qidim qisqacha quyidagicha; Uylangin xaromdan saklanasan birok 5 ayolga: «Shaxbara, naxbara, laxbara, xaydara va lafutga uylanma! dedilar rasululox SAV. Yo rosulullox aytganlarizni birortasini bilmayman dedi Zayd ibn Sobit. Rasuli akram aytdilar; Shaxbara- yirik jussali moviy kuz, naxbara-zaif ingichka uzun buy, laxbara- yoshi utgan shaxvati yuk, Xaydara-pakana yokimsiz lafut- avvalgi eridan bola kurgan tul ayol! Savolim: Lafut xakida farzandlik ayolga uylangandan kora farzandi yugini kidirgan afzalmi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu gapni ko‘p hadis to‘plamlarida keltirilgan deb aytilgan ekan. Abu Hanifa rahmatullohi alayh “Musnad”larida keltirib kulganlar ekan. Xossatan Mulla Aliy al-Qoriy imom Suyutiyning “Jomi’ul kabir”laridan keltirib, ““Jomi’ul kabir”ning boshqa ko‘p nusxalarida keltirilmagan ekan” degan ekanlar. Hadis o‘ta zaif, hadisning matnida ham sanadi ham juda ko‘p gaplar bor ekan. Undan tashqari oyat va sahih hadislarda keltirilgan narsalarga zid. Misol uchun gavdali jussasi katta ayoldan qaytarilibdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Savdo onamizga uylanganlar, farzandi borga uylanmagin deyilibdi, Ummu Salama onamizga uylanganlar, pakana deyilibdi Sofiya onamizga uylanganlar va hokazo. Umumiy gap matni ham sanadi ham zaif bo‘lgani uchun bundan hukm ham chiqarilmaydi, bu gapga amal ham qilinmaydi. Qolaversa bu gap shialarning kitoblarida ham juda mashhur ekan. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 03:42 | Savol-javoblar | 161 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar