Payg‘ambarimizni gaplari degan rasmlar
Assalomu alaykum! Ijtimoiy tarmoqlarda biron bir so‘zli rasmlarga ko‘zimiz tushadiki unda bir so‘z tagidan Muxammad s.a.v deb tugatib qo‘yadi. Bu degani ushbu so‘z payg‘ambarimizga tegishli bo‘lib qovotimi shunda? Ushbu suratlarni ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yib bizlar payg‘ambarimizga tuxmat qilib qo‘ymayapmizmikan? Masalan: Joni yongan sabr qilsin Jon yoqqan esa yonar kunin kutsin Muxammad s.a.v.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadis bo‘lmasa juda qattiq gunohkor bo‘lishadi. حَدَّثَنَا مَكِّيُّ بْنُ إِبْرَاهِيمَ قَالَ: حَدَّثَنَا يَزِيدُ بْنُ أَبِي عُبَيْدٍ، عَنْ سَلَمَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: مَنْ يَقُلْ عَلَيَّ مَا لَمْ أَقُلْ فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ Salama roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Kim men aytmagan narsani meni aytdi desa, do‘zaxdan joyini olaversin», deganlarini eshitganman».
Sahihul Buxoriy
Imom Ahmad va boshqalar Aslamdan rivoyat qiladilar:
«Qachon Umar roziyallohu anhuga: «Bizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hadis aytib bering», desak, u kishi: «Biror harfni ziyoda yoki kam qilib qo‘yishdan qo‘rqaman. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim mening nomimdan qasd ila yolg‘on to‘qisa, o‘sha do‘zaxidir», deganlar», der edi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 03:54 | Savol-javoblar | 176 | Turli savollar