Yangam meros talab qilishi mumkinmi

Assalomu alaykum! Ustozlar savolim quyidagicha. Yaqinda amakim vafot etdilar. Biz amakimni otalari, ya’ni bobom yashagan uyda qolganmiz. Bobom tiriklik chog‘larida uyni aynan kimgadir meros, xadya qilmaganlar. Odatda qaysidir o‘g‘il ota uyda qoladi. Amakim tiriklik chog‘larida oxirgi 20 yilda uyga da’vo qilmaganlar (Bu yilda men aqlimni tanishni boshlaganman). Boshqa tirik farzandlari xam o‘zbekchilikdagidek bir farzand ota uyda qolsin fikrida bo‘lishgan. Amakimni vafotlaridan keyin biz yashayotgan uyga yangamni haqqi bormi, meros talashishga haqqi bormi? Bobom vafotlaridan keyin uy 100% qayta qurib bitqazilgan. Agar yangamni haqqi bo‘lsa biz yer hisobidan amakimni haqlarini chiqarib berishimiz kerakmi(O‘zimiz yashaydigan hududdagi er narxi bo‘yicha hisoblagan xolda)? Amakimni bir qiz farzandlari bor.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Chiqarib berishingiz kerak. Meros ilmini biladigan biron ahli ilmga uchranglar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:00 | Savol-javoblar | 135 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar