Qarzni bermasdan aldab yurgan odam
Assalomu alaykum! Uztoz man dustimga 1500$ AQSh dollarida karzga pel bergan edim. Undagi pulimni zakotini berib kelganman. 3 yil bulmoqdaki pulni 10$ dollarini ham kaytargani yo‘q, Men Alloh uchun berdi deb go‘zal sabr qildim, o‘ziga so‘ngi rusumli telefon oldi bir oz o‘tib ayoliga ham olib berdi. Ko‘p guvohi bo‘lganman yangi texnika buyumlari olardi, shunda man hech narsa demadim o‘zi berib qolar deb. Alloh uchun berilgan qarzni xunuk muomalada qaytarib olib bo‘lmas? Lekin yaqin kunlarda o‘zim juda pulga muxtoj bo‘lib qoldim, menga erta indin qaytarib beraman deb ishontirib keladi, Mayli ertaga bo‘lsa ertaga olaman deb yana ertasi kuni aloqaga chiqdim bu 10-15 kun takrorlandi. Kartanga tashlayman deydi tashla desam menda naqd deydi. Ko‘p bor takrorlangani uchun oyladimki u meni aldayabdi. Men yumshoq muomalada so‘radim. Yana ham yaxshi oylik maoshda ishlaydi bo‘lib bo‘lib qaytarishini ham taklif qildim bo‘lmadi. Kecha yana telefon qilsam manga ovozini ko‘tari og‘ziga kelgan gapni gapirib tashladi. Man erta bo‘lsin bir oz jaxlidan tushsa so‘rayman deb chekindim. Bugun esa undan battar gaplarni eshitib oldim, meni telefondan bloklab tashladi. Man ham "sen bilan qiyomatda gaplashaman" deb xabar janatib yubordim. Qalbim juda ham og‘ridi. Men musulmonlarga zarracha ozor etishini xoxlamayman. Meni xakoratlagandan keyin qalbimga tugub qo‘ydim qiyomatda undan olishimni. Men to‘g‘ri ish qildimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qiyomatga qoldirmang to‘g‘ri kelgan joyda biror narsasini shunday olib qo‘yib o‘zingizni haqqingizchasini olib qolishga ham haqqingiz bor. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 04:40 | Savol-javoblar | 187 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qiyomatga qoldirmang to‘g‘ri kelgan joyda biror narsasini shunday olib qo‘yib o‘zingizni haqqingizchasini olib qolishga ham haqqingiz bor. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 04:40 | Savol-javoblar | 187 | Dolzarb savollar