Juma farzidan avvalgi 4 rakat sunnat
Assalomu alaykum! 1. Men arab davlatida yashayman. Bu erda juma kuni peshin vaqti kirishi bilan, juma namoziga azon etiladi va imom xutba boshlaydi. Shu vaqtda avvalgi 4 rakat sunnatni o‘qish joizmi? 2. Men reanimatsiya bo‘limida vrach bo‘lib ishlayman. Ba’zan juma namozi vaqtida og‘ir bemorlar bilan bo‘lib, namozga kechga qolamiza. Shunda qanday yo‘l tutiladi? Umuman, vrach og‘ir bemor bilan bo‘lib, namozni vaqtida o‘qiy olmasa, qanday yo‘l tutiladi? 3. Xozirgi islomiy banklar xizmatlaridan foydalansa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Imom xutba boshlaganida joiz emas. Sunnatni ungacha o‘qib oling. “Kifoya” kitobida shunday deyilgan: Mazkurlar imom xutbaga chiqqanda makruhdir.
Ya’ni imom juma, iyd, haj, kusuf va xusuf namozlari xutbasiga chiqqanida namoz o‘qish, tilovat sajdasi qilish va janoza o‘qish makruhdir, chunki bu paytlarda mazkur narsalar bilan mashg‘ul bo‘lish xutbani eshitishga xalal beradi. Undan yuz o‘girishga o‘xshab qoladi.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا قُلْتَ لِصَاحِبِكَ يَوْمَ الْجُمُعَةِ أَنْصِتْ وَالْإِمَامُ يَخْطُبُ فَقَدْ لَغَوْتَ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Juma kuni imom xutba qilayotganida sherigingga «Jim tur», desang, lag‘v qilibsan», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Lag‘v – behuda, befoyda, maza-matrasiz gap-so‘zlar va xatti-harakatlar.
Mana shu hadis hanafiylarning «Imom xutba qilishi uchun minbarga chiqqanidan keyin namoz o‘qish harom», degan qavllariga eng kuchli dalillardan biridir. Birovga «Jim tur», deyish amri ma’ruf. Amri ma’ruf – farz. Farz amalni qilib bo‘lmaganidan keyin, sunnat o‘qish joiz bo‘lmasligi turgan gap.
2). Sizni o‘rningizda turib turishi mumkin bo‘lgan mutaxassis ayol shifokor bo‘lsa, sizga yordam berishsin. Agar siz qaramasangiz bemor halok bo‘ladigan yoki sihatga zarar etadigan holat bo‘lsa, jumaga chiqmasligingiz uchun uzr hisoblanadi. Jumaning o‘rniga peshin namozini o‘qib olasiz. Boshqa namozlarda ham huddi shu kabi bo‘ladi. Farz namozni qoldirishga hech qanday uzr yo‘q.3). Shariat qoidalariga to‘liq amal qiladigan bo‘lsa foydalansa bo‘ladi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 13:07 | Savol-javoblar | 150 | Ibodatlar